Asosiy mazmunga oʻtish
şirinzabon

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish:

Qisqacha

Şirinzabon sizdan shaxsiy maʼlumot soʻramaydi. Saytdan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish shart emas.

Qurilmangizda saqlanadigan maʼlumotlar

Oʻyindagi eng yaxshi natijangiz va yozish tezligingiz faqat oʻz qurilmangizda, brauzer xotirasida saqlanadi. Ular bizga yuborilmaydi.

Brauzer maʼlumotlarini tozalasangiz, bu natijalar oʻchadi.

Siz kiritgan matnlar

Alifbo oʻgirgichiga yoki yozish tezligi sahifasiga kiritgan matningiz qurilmangizdan chiqmaydi. Hammasi brauzeringizning oʻzida bajariladi.

Tashriflar statistikasi

Qaysi sahifalar koʻp oʻqilishini bilish uchun Vercel Web Analytics xizmatidan foydalanamiz. U cookie fayllaridan foydalanmaydi va sizni shaxsan aniqlamaydi.

Bu xizmat quyidagilarni koʻradi: ochilgan sahifa manzili, saytga qayerdan kelganingiz, qurilma va brauzer turi, mamlakat.

Sayt qayerda joylashgan

Sayt Vercel kompaniyasining serverlarida joylashgan. Ular Oʻzbekistondan tashqarida.

Har qanday veb-sayt kabi, sahifa ochilganda serverga IP manzilingiz va brauzer turi haqidagi texnik maʼlumot boradi. U saytni ishlatish va himoya qilish uchun kerak.

Boshqa saytlarga havolalar

«Telegramda ulashish» tugmasini bossangiz, Telegram ochiladi. U yerda Telegramning oʻz qoidalari amal qiladi.

Oʻzgarishlar

Kelajakda saytga hisob ochish imkoniyati qoʻshilsa, bu sahifani yangilaymiz va nima saqlanishini aniq yozamiz.

Aloqa

Savol yoki taklifingiz boʻlsa, bizga yozing: @shirinzabonuz