Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilaniş:
Qisqaça
Şirinzabon sizdan şaxsiy maʼlumot söramaydi. Saytdan foydalaniş uçun röyxatdan ötiş şart emas.
Qurilmangizda saqlanadigan maʼlumotlar
Öyindagi eng yaxşi natijangiz va yoziş tezligingiz faqat öz qurilmangizda, brauzer xotirasida saqlanadi. Ular bizga yuborilmaydi.
Brauzer maʼlumotlarini tozalasangiz, bu natijalar öçadi.
Siz kiritgan matnlar
Alifbo ögirgiçiga yoki yoziş tezligi sahifasiga kiritgan matningiz qurilmangizdan çiqmaydi. Hammasi brauzeringizning özida bajariladi.
Taşriflar statistikasi
Qaysi sahifalar köp öqilişini biliş uçun Vercel Web Analytics xizmatidan foydalanamiz. U cookie fayllaridan foydalanmaydi va sizni şaxsan aniqlamaydi.
Bu xizmat quyidagilarni köradi: oçilgan sahifa manzili, saytga qayerdan kelganingiz, qurilma va brauzer turi, mamlakat.
Sayt qayerda joylaşgan
Sayt Vercel kompaniyasining serverlarida joylaşgan. Ular Özbekistondan taşqarida.
Har qanday veb-sayt kabi, sahifa oçilganda serverga IP manzilingiz va brauzer turi haqidagi texnik maʼlumot boradi. U saytni işlatiş va himoya qiliş uçun kerak.
Boşqa saytlarga havolalar
«Telegramda ulaşiş» tugmasini bossangiz, Telegram oçiladi. U yerda Telegramning öz qoidalari amal qiladi.
Özgarişlar
Kelajakda saytga hisob oçiş imkoniyati qöşilsa, bu sahifani yangilaymiz va nima saqlanişini aniq yozamiz.
Aloqa
Savol yoki taklifingiz bölsa, bizga yozing: @shirinzabonuz