5lik
Kun soʻzi: besh harfli soʻzni olti urinishda toping.
Qanday oʻynaladi
- Besh harfli soʻz yozing va «Tekshirish» tugmasini bosing. Jami olti urinish bor.
- Firuza rang: harf soʻzda bor va oʻz joyida turibdi.
- Asal rang va nuqta: harf soʻzda bor, lekin joyi boshqa.
- Toʻq rang: bu harf soʻzda yoʻq.
- Sh, ch, oʻ, gʻ bitta harf hisoblanadi. Ng esa ikki harf: n, g.
- Har kuni hamma uchun bitta soʻz. Yangi soʻz Toshkent vaqti bilan yarim tunda chiqadi.
- «Mashq» turida istagancha soʻz oʻynash mumkin. U kun soʻzi natijalariga taʼsir qilmaydi.
- Hozircha oʻyin siz yozgan soʻz lugʻatda bor-yoʻqligini tekshirmaydi.