Yangi oʻzbek alifbosi: nima oʻzgaradi va qachon
2026-yil 21-oktabrda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini yangilash toʻgʻrisidagi qonun imzolandi. U 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi. Xavotirga oʻrin yoʻq: atigi toʻrtta harf oʻzgaradi.
Toʻrtta harf boshqacha yoziladi
| Hozir | Yangi alifboda | Misol |
|---|---|---|
| Oʻ oʻ | Ö ö | oʻzbek → özbek |
| Gʻ gʻ | Ğ ğ | togʻ → toğ |
| Sh sh | Ş ş | shahar → şahar |
| Ch ch | Ç ç | choy → çoy |
Yangi alifboda 28 ta harf va bitta tutuq belgisi bor.
Nima oʻzgarmaydi
- Qolgan harflar avvalgidek yoziladi.
- Tutuq belgisi alifboda qoladi: maʼno, sheʼr.
- ng endi alifboda alohida birlik sifatida turmaydi. Yangi alifboda chiqayotgan matnlarda u avvalgidek ikki harf bilan yozilmoqda: yangi, tong.
Qachondan
- Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
- Eski harflar bilan berilgan hujjatlar oʻz kuchida qoladi.
- Darsliklar, peshlavhalar va koʻrsatkichlar bosqichma-bosqich almashtiriladi.
Nimalar hali nomaʼlum
Yangi imlo qoidalari hali rasman eʼlon qilinmagan. Masalan, s va h alohida tovush boʻlgan soʻzlar (Isʼhoq) qanday yozilishi aniq emas. Qoidalar chiqishi bilan bu sahifani yangilaymiz.
Matnni yangi alifboda koʻring
Istalgan matnni oʻgirgich yordamida yangi alifboga oʻgirib koʻring. Bu saytning oʻzini ham yangi alifboda oʻqish mumkin: sahifa tepasidagi tugmalardan foydalaning.
Manba: OʻRQ-1184-son qonun, lex.uz.