Asosiy mazmunga ötiş
şirinzabon

Maqolalar

Yangi özbek alifbosi: nima özgaradi va qaçon

2026-yil 21-oktabrda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini yangilaş töğrisidagi qonun imzolandi. U 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Xavotirga örin yöq: atigi törtta harf özgaradi.

Törtta harf boşqaça yoziladi

HozirYangi alifbodaMisol
Oʻ oʻÖ öoʻzbek → özbek
Gʻ gʻĞ ğtogʻ → toğ
Sh shŞ şshahar → şahar
Ch chÇ çchoy → çoy

Yangi alifboda 28 ta harf va bitta tutuq belgisi bor.

Nima özgarmaydi

  • Qolgan harflar avvalgidek yoziladi.
  • Tutuq belgisi alifboda qoladi: maʼno, sheʼr.
  • ng endi alifboda alohida birlik sifatida turmaydi. Yangi alifboda çiqayotgan matnlarda u avvalgidek ikki harf bilan yozilmoqda: yangi, tong.

Qaçondan

  • Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
  • Eski harflar bilan berilgan hujjatlar öz kuçida qoladi.
  • Darsliklar, peşlavhalar va körsatkiçlar bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Nimalar hali nomaʼlum

Yangi imlo qoidalari hali rasman eʼlon qilinmagan. Masalan, s va h alohida tovuş bölgan sözlar (Isʼhoq) qanday yozilişi aniq emas. Qoidalar çiqişi bilan bu sahifani yangilaymiz.

Matnni yangi alifboda köring

Istalgan matnni ögirgiç yordamida yangi alifboga ögirib köring. Bu saytning özini ham yangi alifboda öqiş mumkin: sahifa tepasidagi tugmalardan foydalaning.

Manba: ÖRQ-1184-son qonun, lex.uz.

Barça maqolalar