Asosiy mazmunga ötiş
şirinzabon

Maqolalar

Tutuq belgisi qayerda yoziladi?

Tutuq belgisi (ʼ) kiçkina, lekin sözning öqilişini özgartiradi. Lotin yozuvidagi imlo qoidalariga köra u uç holatda yoziladi.

1. Unlidan keyin

Özlaşma sözlarda tutuq belgisi unlidan keyin kelsa, şu unli çöziqroq aytiladi:

aʼlo, baʼzan, maʼyus, eʼlon, eʼtibor, sheʼr, feʼl, shuʼla.

2. Undoşdan keyin

Tutuq belgisi undoşdan keyin kelsa, keyingi unli öşa undoşdan ajratib aytiladi:

sanʼat, inʼom, qatʼiy, masʼul.

3. s va h orasida

sh bitta tovuşni bildiradi. Agar s va h alohida ikki tovuş bölsa, ular orasiga tutuq belgisi qöyiladi:

Isʼhoq, asʼhob.

Qayerda yozilmaydi

oʻ unlisidan keyin tutuq belgisi yozilmaydi, hatto bu unli çöziqroq aytilsa ham:

moʻjiza, moʻtadil, moʻtabar.

Ikki xil belgi

Tutuq belgisi bilan oʻ va gʻ harflaridagi belgi bir xil emas. oʻ va gʻ dagi belgi kiçkina 6 ga öxşaydi: ʻ. Tutuq belgisi esa kiçkina 9 ga öxşaydi: ʼ.

Yangi alifboda

Yangi alifboda ham tutuq belgisi saqlanadi. Batafsil: Yangi özbek alifbosi: nima özgaradi va qaçon.

Manba: Özbek tilining asosiy imlo qoidalari, 17- va 32-bandlar.

Barça maqolalar